Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Ta’lim va madaniyat markazi.
Ikki yildan beri maktabimiz Koreya markazi bilan hamkorlik qilib keladi. Bu esa koreys tili o’qitishni tashkil etish va 2-9- sinf o’quvchilariga Koreya madaniyatini tanishtirishga yordam bermoqda. Markaz yordamida koreys tili xonasi to’liq jihozlangan: noutbuk, doska, videoproyektor, doska, o’quv qo’llanmalari, koreys milliy raqs liboslari, Koreya tabiati va madaniyatini aks ettiruvchi go’zal landshaft rasmlari. Bolalar ushbu chet tilini o’rganishga juda qiziqishmoqda. O`quvchilar orasida ko’plab koreys bolalar ham bor. Markaz direktori janob Kim Gi Yel maktabning aziz mehmoni bo’lib, darslarga tashrif buyurib, koreys tili va madaniyatini o’rganishdagi o`quvchilarning yutuqlari bilan tanishdi.
Tajribali koreys tili o’qituvchilari Nadejda Yuriyevna Tegay va Shahnoza Dilmuradovna bolalarning koreys tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini doimo qo’llab-quvvatlaydilar.