Hech narsa unutilmaydi, hech kim unutilmagay!

9-may … Bu kun sizga nimalarni eslatadi? Bu so’zlarni eshitganda qalbingizdan nimalar kechadi?

Ko’plab mamlakatlarda 9 may – bu 1945-yil fashizm ustidan qozonilgan g’alaba kuni bayramidir. Xayriyatki, besh yillik urush, qo’rquv, dahshatli o’limlar va nohaqliklar tugab, unutilib ketgan,  dahshatli besh yil tarixga aylangan. Hozir tinch va  baxtli zamonda yashayotganimizning o`zi quvonchlidir. Bombardimonchi samolyotlarning dahshatli xayqiriqlari portlayotgan, qora tutunga to`lgan osmon ostida emas, musaffo va tinch osmon ostida, yengil shamol nafasi va bahor barglarining yoqimli shitirlashlari,  bolalarning quvonchli qichqiriqlari eshitilayotgan osoyishta zamonda yashyotganimiz ham katta baxtdir. Bizning avlodlarimiz ajdodlarimiz boshiga tushgan dahshatli kunlarga duch kelmaganligi ham quvonchlidir.

Ammo baxt va quvonchning narxi qancha? Bunday quvonch va baxt bizga ajdodlarimizning mashaqqatli mehnatlari va qonlari to`kilgan qimmatli hayotlarii evaziga berildi. Yana bir emas, balki millionlar … Shuning uchun ham O’zbekistonda 9 may – Xotira va qadrlash kuni nishonlanadi. Bizning xalqimiz o`tganlar yodini  hech qachon unutmaydi balki hurmat va ehtirom ila eslaydi. Yurtimizda bu kunda urushda halok bo`lganlar eslanadi, dahshatli voqealar guvohi bo`lgan va o`limlardan tirik qolgan aziz insonlar  hurmat bilan yo`qlanadi.

Mana, ikkinchi jahon urushi tugaganiga ham 76 yil bo`ldi. Ammo biz tarixning o’sha davrning mash’um kunlarini hamon eslaymiz va unutmaymiz. Kimningdir bobosi va kimningdir hatto katta bobosi bu urushda qatnashgan. Ularning ba’zilari vatanini fashizmdan himoya qilib, qahramonlarcha halok bo`lgan, kimdir o’sha urushdanomon qaytib, farzandlari va nabiralarini ko’rishga muvaffaq bo’ldi. Bolalar o’z ajdodlarining qahramonliklarini bilishlari va eslashlari muhimdir.

“IZB” maktabida har yili 9-may bayrami keng nishonlanadi, tarix va qahramon ajdodlarimiz xotirasiga hurmat va ehtirom ko’rsatiladi. Xullas, bu yil maktabimizda Xotira haftaligi boshlandi. O`quvchilarimiz bu kun tarixini yaxshi bilishadi va  dahshatli urushni boshidan kechirganlarning barchasiga o’z hurmatlarini bajo keltiradilar.

Тилни танланг / Выберите язык