Biz «YaKlass» uchun ro’yxatga olishni boshlaymiz

Hurmatli ota-onalar va aziz o’quvchilar! Biz «Yaklass» ta’lim platformasi uchun ro’yxatga olishni boshlayapmiz, bu esa karantinda bo’lganida barcha fanlardan yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rishga yordam beradi.

 

«YaKlass» bu maktab o’quvchilari, o’qituvchilar va ota-onalar uchun ma’lumot beruvchi Internet-resurs. 2013- yilda ish faoliyati boshlangan. Bugungi kunda ushbu onlayn platformadan Rossiya, O’zbekiston, Latviya, Armaniston, Avstriya, Finlandiya, Germaniya, Qozog’iston va Belorussiya Respublikasidagi 50 ming maktabning 7,5 million o’quvchisi foydalanmoqda.

 

Portalda maktab ta’lim dasturi va uy vazifalarini avtomatik tekshirish uchun onlayn simulyatorlar mavjud. YaKlass – IIDF akseleratorining bitiruvchisi, Skolkovo va Microsoft dasturlarining rezidenti. Yaklass kompaniyasining veb-saytida maktab o’quv dasturining 13 ta fanidan 1,6 trillion vazifalar va video darslar ma’lumotlar bazasi mavjud.  Foydalanuvchilarning 60%  mobil qurilmalar orqali ushbu xizmatdan foydalanadi.

Тилни танланг / Выберите язык