Yangi o’quv yili yana onlaynmi?

Yangi o’quv yili boshlanishi bilan  Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi va boshqa mutasaddi  idoralar oldida o’qishni qanday tashkil qilish tartibi masalasi turadi.

Xalq ta’limi vazirligi hozirda o’quv yili boshlanishining uchta variantini (ssenariylarini) muhokama qilmoqdalar.

1-ssenariy: Pandemiya barqarorlashishi bilan maktablar odatiy ish faoliyatini davom ettiradi. Bu –  eng yaxshi variant. Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, maktab yoshidagi bolalar kattalarga qaraganda kamroq yuqtirishadi va kasallikning bolalardan kattalarga o’tish xavfi ham katta emas.

2-ssenariy: Agar Sog’liqni saqlash vazirligining O’zbekistonda bolalar orasida virus tarqalishi to’g’risida xulosasi ijobiy bo’lmasa, ta’lim onlayn tarzda davom etishi kerak.

3-ssenariy : Bu – gibrid ssenariy. Maktablar, shuningdek, sinf tizimiga o’tkaziladi. Faqat ma’lum bir mintaqada, maktabdagi karantin holatiga qarab, o’quvchilar  ta’limni onlayn yoki oflayn rejimda olishda davom etadilar.

Bunday holda, dastlabki bosqichda, o’z farzandining sog’ligidan qo’rqqan ota-onalarga farzandini uyda onlayn ravishda o’qitish imkoniyati beriladi, ya’ni maktabga borishi ixtiyoriy bo’ladi.

Yakuniy xulosa respublika maxsus komissiyasining qarori bilan e’lon qilinadi.

Karantin qoidalarining o’zgarishiga qaramay, vazirlik onlayn maktab loyihasini davom ettirishni rejalashtirmoqda, – deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi. Ushbu loyiha bolaga maktabda olgan bilimlarini mustahkamlash, o’qituvchilar esa malakali hamkasblaridan mahorat darslarini olish uchun doimiy imkoniyat yaratadi.

Тилни танланг / Выберите язык