Noyabr – rus va ingliz tili fanlari oyligi. Har yili rus tili fani oyligi davomida maktabimiz uchun an’anaviy bo’lib kelgan «Jonli she’riyat» xalqaro ifodali o’qish tanlovida qatnashamiz. Bu tanlobga o`quvchilarimiz katta ishtiyoq bilan qatnashmoqdalar.
25-noyabr kuni yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida «Jonli she’riyat» tanlovining saralash bosqichi boshlandi. Shuningdek, boshlang’ich sinf o’quvchilari ham ishtirok etishdi. Tanlovning yosh cheklovlari (ularning xalqaro miqyosdagi ishtiroki – 10 yoshdan boshlab) tufayli ularning ishtiroklari maktab bosqichi bilan cheklanib qoladi va yuqori sinf o’quvchilari esa keyingi bosqichga o’tish imkoniyatiga ega bo`lishadi. Bu yil birinchi marta 2-sinf o`quvchilari ham ishtirok etishdi: bular- eng yosh ishtirokchilardir.
Saralash bosqichida o`quvchilar o’zlariga yoqqan asarlardan parchalarni ishtiyoq bilan ifodali o’qishdi, aktyorlik va asar mazmunini chuqur anglagan holda hissiyo bilan tifoda etish qobiliyatlarini namoyish etdilar.
Saralash (maktab) bosqichi g’oliblarini oldinda boshqa shahar maktablari bolalari bilan bellashuv kutmoqda.
Final bosqichida g’olibga oliy sovrin – «Artek» xalqaro oromgohiga yo’llanma beriladi. O`quvchilarimizga omad tilaymiz!