Bugun rus tili fani oyligi doirasida 7-“A” sinfda rus adabiyot fanidan ochiq dars o’tkazildi. Dars mavzusi: «Qahramonlar taqdiri» – Nikolay Gogolning «Taras Bulba» asari asosida.
Dars juda noan’anaviy shaklda o’tkazildi. Larisa Ravilyevna ham, bolalar ham astoydil harakat qilishdi va dars juda qiziqarli bo’lib o’tdi. O`quvchilar nafaqat hikoya qilish, balki o’ylash, bahslashish, e’tiroz bildirish va o’z fikrini ifoda eta olish mahoratlarini namoyish etdilar. Jamoalar o`rtasidagi musobaqa sog’lom raqobat asosida olib borildi. Ko’rinib turibdiki, bolalar darsga oldindan jiddiy tayyorgarlik ko’rishgan: qahramonlarning yorqin ukraincha kostyumlari, chiroyli bezatilgan buyumlari, qo’lda chizilgan qahramonlar portretlari – bularning barchasi ushbu darsga o’ziga xos tarovat bag’ishladi. O’qituvchiga va o`quvchilarga, shuningdek, bolalarning ota-onalariga tashakkur!