Помощь школе
istiqbol
zamon
bolalari
  +998 99 313 8070

«Istiqbol zamon bolalari» maktabi eshiklari doimo mehmonlar uchun ochiq.

Biz mehmonlarimizni hamisha ochiq yuz bilan ostonadan kutib olamiz,  keng va yorug’ yo‘laklarimizda hamrohlik qilib, ularga zamonaviy usulda jihozlangan va did bilan bezatilgan o‘quv xonalarini ko‘rsatamiz, hamda, maktabimiz o’quvchilarimiz bilan mamnuniyat bilan tanishtiramiz. O‘quvchilarimiz samimiyat bilan muloqot qilishadi, maktab hayotidan juda ko‘p qiziqarli narsalarni aytib berishadi, tashrif buyuruvchilar  bilan turli g‘oyalarni o‘rtoqlashishadi va turli  savollariga javob berishadi. Mehmonlar esa, o‘z navbatida, o‘z hikoyalari, g‘oyalari, fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar va bolalarimiz  savollariga javob berishadi. Qisqach qilib aytganda, bizning maktabimizga chet ellik mehmonlarni tashrif buyurishi odatiy holga aylanib qolgan.

Xorijlik mehmonlarimiz orasida britaniya lordi rafiqasi, “Womens leadership” (Ayollar yetakchiligi) xalqaro o‘quv markazi direktori, Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan tadbirkor, Gulixonim Shayx ham bor edi. Shuningdek, “IZB” bilan hamkorlikda, hamda Amerika elchixonasi koʻmagida Toshkentdagi Webster universiteti maktabimiz qoshida yozgi oromgoh ochdi. Lagerda bolalarga Amerika Qo’shma Shtatlaridan kelgan, ingliz tili ularni o’z ona tili bo’lgan “til tashuvchilari” dars berishdi. Bundan tashqari ,maktabimiz o’quv dasturiga STEAM —  ta’limni  joriy etish maqsadida Shimoliy Jorjiya (AQSh) instituti professorlari ham tashrif buyurishdi.

Maktabimizga koreys markazi mutaxassislari ham tez-tez tashrif buyurib turishadi, chunki bizda koreys tili o’qitiladi, bu esa hamkorlikni muhim jihatlaridan biri bo’lib xizmat qiladi.

         Maktabimizga qo‘shni MDH davlatlardan ham mehmonlarga tashrif buyurib turishadi. “Buyuk g‘alaba. Xotira yo’nalishi” (Великая победа. Маршруты памяти) loyihasi doirasida Kareliya, Petrozavodsk shahridan  tashrif buyurgan mehmonlarda ham maktabimizga qiziqish uyg’ondi. Mehmonlar orasida Kareliya Respublikasi Madaniyat vazirligining, madaniyat vaziri birinchi o’rinbosari, hamda o’z  sohasida ko’zga ko’ringan madaniyat arboblari ham bor edi edi. Tashrif davomida ular bolalarga o’z madaniyatlari aks etgan  kichik dastur taqdim etdilar,

         Har bir tashrif turli madaniyat chegaralarini yanada kengaytiradi. Bu bebaho tajriba almashish, boshqa tilda muloqot qilish amaliyoti va turli xalqlar madaniyati bilan tanishish imkonini beradi.

Тилни танланг / Выберите язык