Bizni yaxshi tanigan va doimo biz bilan birga bo’lganlar o’quvchilarimizni yil davomida mamnuniyat bilan kutib olishimizni yaxshi bilishadi. Xatto ta’til davri ham, “IZB” o’qivchiarini uyda qolishiga va maktabga kelmasligiga bahona bo’la olmaydi. Ta’til paytida esa, o’quvchilarimizni yaxshi rejalashtirilgan maroqli ta’til dasturlari kutmoqda. Bularga: noan’anaviy tarzdagi qiziqarli qo’shimcha darslar, tanlov va viktorinalar, va albatta, bizning maktabimizda an’anaga aylangan, O’zbekiston shaharlari bo’ylab qo’shma sayohat-ekskursiyalar kiradi.
Sayohatlarimizni Namanganga yaqinroq bo’lgan, hamda o’zining boy tarixi, arxitekturasi va madaniy merosi bilan millionlab turistlarni o’ziga jalb qilayotgan O’zbekistoning tarixiy shaharlari bo’ylab uyushtiriladi . Bizning bolalarimiz Toshkent, Farg’ona, Andijon, Qo’qon, Samarqand va Buxoroga sayohat qilib ulgurishgan. Maktabimiz tomonidan tashkillangan har bir sayohat –har taraflama oylangan madaniy dasturdan iborat bo’lib, unga madaniy-ma’rifiy va ko’ngilochar tadbirlar kiradi. Sayohat davomida bolalar har safar yangi shahar va uning ichki madaniyati bilan yaqindan tanishadilar, diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladilar, tarixiy va zamonaviy, madaniy-ko‘ngilochar maskanlar bilan tanishadilar. Uzoqroq masofaga sayohatlar uyushtirilganda , sayyohlik firmasi bilan sharnoma tuziladi va firma o’z navbatida maktabimiz o’quvchilarini nonushta ilova qilingan ajoyib mexmonxona xonalari bilan birga ekskursiya gidi bilan ham ta’minlaydi.
Yana bir bor ta’kidlamoqchimanki, o‘z farzandlarini bunday sayohatlarga jo‘natayotgan ota-onalar bolalarga butun vaqt davomida hamroh bo‘ladigan maktabimiz o‘qituvchi va tarbiyachilariga, hamda butun maktabga yana bir bor qatiy ishonoishlarini ko‘rsatadilar, biz ham ularga bildirilgan ishonch va hurmat uchun o‘z minnatdorchiligimizni izhor qilamiz. Ota-onalar hamkorligi va ishonchini juda qadrlaymiz! Bunday ishonch bizga tutilgan ko’zgu bo’lib, biz u yerda o’z mehnatimiz samarasini ko’ramiz.



