Yoz mavsumi yakunlanishiga va yangi o’quv yili boshlanishiga hali ikki oy vaqt bor, lekin siz hozirdanoq to’g’ri tanlov qilishingiz mumkin! “Istiqbol zamon bolalari” xususiy maktabi allaqachon o‘quvchilarni ro’yhatga olish jarayonini boshlab yubordi va sizni mamnuniyat bilan quyidagi manzilga taklif etadi.
Namangan, Davlatobod tumani, 3-mik-n, Do‘stlik ko‘chasi (mo‘ljal: “Porloq” MFY)
Yangi o’quv yilida maktab o‘z o‘quvchilarini zamonaviy, ko’rkam va eng asosiysi, o‘quv jarayoni uchun zarur bo’lgan talablar asosida to’liq jihozlangan yangi binoda kutib oladi. O’quvchilarimizni ota-onalarini o’z farzandlari haqidagi xavotir va tashvishlarini chetga surib, deyarli kun davomida ularga g’amxo’rlik qilishni bizga ishonib topshirishni taklif qilamiz. IZB maktabi — bu bolalarni maktabda 8:00 dan 17:00 gacha xavfsizlikda bo’lishi, o’quvchilarni bilim darajasi va ta’lim olishi uchun qayg’urib, maktabda o’quv dasturidan tashqari ham rivojlantirib borish (xalqaro olimpiadalar, tanlovlar, turli tadbirlar), o’quvchilarga individual yondashish, kuniga ikki mahal yuqori sifatli ovqatlanish, hamda end asosiysi, o’z kasbini sevadigan yuqori malakali o’qituvchilar jamoasidir. Bundan tashqari, maktabimiz hududida joylashgan, hamda maktabimiz tasarrufidagi American Corner (Amerika burchagi)ning ulkan imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Mingga yaqin ota-onalar bizga o’z ishonchlarini bildirishgan va maktabimizni tanlaganliklaridan afsuslanishmaydi. Maktabimizga tashrif buyuring, balki bizni maktab — aynan siz istagan maktab bo’lishi mumkin!