Maktabga yordam
  Shaxsiy kabinetga kirish

Xotira haftaligi

08.05.2021

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “IZB” maktabida Xotira haftaligi tashkil etildi. O’quvchilarimizning o`z chiqishlarida Ikkinchi jahon urushi qahramonlariga hurmat bajo keltirishdi, qanch yillar o`tsa-da, urush dahshati va g’alaba quvonchi xalq xotirasida abadiy saqlanib qolganligini namoyiSh etishdi.

Maktab jamoasi ushbu tadbirga anchadan beri katta tayyorgarlik ko’rgan. Maktab binosi bayram mavzusiga xos ravishda bezatilgan. Hamma joyda harbiy mavzular yoritilgan plakatlar osilgan, g’alabaning ramzlaridan biri – Georgiy lentasi  plakatlarda, o’qituvchilar va bolalarning ko’kralarida aks etgan, o`quvchilar harbiy kiyimlarda yurishibdi. Foyeda o’quvchilarimizning bobolari, o’qituvchilarimizning tog’alari va otalari portretlari – urush qahramonlari portretlari joylashtirilgan.

Xotira haftaligi boshlang`ich sinflarning chiqishlari bilan boshlandi. Bir necha kun davomida boshlang`ich sinflar ketma-ket ajoyib tadbirlar namoyish qildilar. Bolalar ushbu tadbirga judayam puxta tayyorgarlik ko’rishgan. O`quvchilar, o’qituvchilar va ota-onalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan harbiy ruhdagi tantanali saflanish yuqori saviyada tayyorlandi. Tadbirda harbiy qo’shiqlarga raqslar, harbiy she’rlar va sahna ko’rinishlari namoyish etildi. O`quvchilar bu tarixiy voqeaga o’z samimiy munosabatlari  va bilimlarini ushbu tadbir  orqali namoyish etib berishdi.

 Xotira haftaligi munosabati bilan boshlang’ich sinf o’quvchilariga urush davri voqealariga bag’ishlangan ma’naviyat darsi o’tkazildi. Dars davomida bolalarning e’tiborlari yo`lakdagi qahramonlar fotosuratlari, harbiy mavzulardagi illyustratsiyalar, plakatlarda aks ettirilgan suratlarga qaratildi.

Tantanali Xotira haftaligida barcha sinflar  o`z chiqishlari bilan faol ishtirok etishdi: sahna ko`rinishlar, harbiy qo’shiqlar asosida tayyorlangan jozibali raqslar, mardlarcha halok bo’lgan urush qahramonlari  haqida va qalbga yaqin harbiy mavzudagi she`rlar ijro etildi.

Bunday tadbirlarning o’tkazilishi bizning bolalarimizga tinch va musaffo osmon ostida yashashimiz uchun jon fido qilgan urush qahramonlarini esdan chiqarmaslikka, ularni  hamisha hurmat-ehtirom bilan qadrlash va yodda saqlashga o`rgatadi.