Vatan himoyachilari kuni

16.01.2021

14- yanvar   mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni nishonlanadi.  Harbiy himoyachilaimiz tun-u kun Vatan sarhadlarini, el-yurt tinchligini qo’riqlaydi,  osmonimiz musaffo bo`lishini ta’minlaydi.

  Ushbu bayram munosabati bilan Namangan viloyati 3-kichik tuman harbiy bo’linmasi tomonidan maktabimiz o’quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etilib, ularga harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniyati berildi.

   Bolalar juda ko’p qiziqarli ma’lumotlarni o’rganishdi. Ularga harbiy xizmatchilarning kun tartibi tanishtirildi, harbiy qism va oshxona hududi bo`ylab ekskursiya tashkil etildi va harbiy texnikalar namoyishi o`tkazildi. Shuningdek, ular harbiy qurollarning har xil turlari bilan tanishishdi, ularni qo’llarida ushlab turish, nishonga olish, qurollarni demontaj qilish va yig’ish mashqlarini sinab ko`rishdi. O’g’il bolalar bir muddat o’zlarini Vatanimiz farovonligi uchun xizmat qilayotgan  harbiylar qiyofasida his etib, harbiy kiyimlarning har xil turlarini kiyib ko`rishdi. 

  Bolalar ko’rganlaridan juda qattiq ta’sirlandilar va  ijobiy taassurotlar bilan qaytishdi.  Tabiiyki,  o’g’il bolalar juda katta qiziqish bildirishdi, chunki ular harbiy qism hududiga mehmon sifatida emas, balki ular o`zlarini haqiqiy harbiy xizmatchilar kabi his qildilar.

Тилни танланг / Выберите язык