Maktabga yordam
  Shaxsiy kabinetga kirish

O’quv yilining oxiri

21.05.2021

May oyi oxiri yaqinlashmoqda va keyingi o’quv yili yakunlanmoqda. Ba’zilar uchun bu shunchaki bir sinfdan ikkinchisiga o’tish, kimdir uchun bu yangi maktab bosqichiga o’tish, lekin kimdir uchun oxirgi qo’ng’iroq va o’quv yili bilan birga maktab ham tugaydi va  yangi imkoniyatlar, yangi tanishlar va  maqsadlar bilan mustaqil hayoti boshlanadi.

Keyingi hafta davomida maktab o’qituvchilari va o’quvchilari uchun muhim bo’lgan tadbirlar bo`lib o`tadi. Maktabda, sukunat bag`rida o`quvchilar imtihon savollari ustida bosh qotirishadi. Shuningdek, o’qituvchilar, ota-onalarning qarsaklari va sinfdoshlarning yangroq kulgilari, quvnoq musiqa sadolari ostida so’nggi qo’ng’iroqni nishonlaydilar.

Imtihonlarda o`quvchilarimizga omad, bitiruvchilarimizga esa oq yo`l tilaymiz!