Bilim bizni boshqaradi

15.01.2021

«YaKlass» elektron ta’lim platformasi o`quvchilarning darsda olgan bilimlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun qo’shimcha ma’lumotlar manbai hisoblanadi. O’quvchilarimiz ushbu platformadan maksimal darajada foydalanishmoqda, natijada maktabimizning reytingi ham o’sib bormoqda. Maktab o’quvchilarimizning “YaKlass” platformasidan faol foydalanganliklari to’g’risida berilgan guvohnoma buning asosidir.  “IZB” xususiy maktabi saytdagi eng faol ishtirokchilar bo`lib, Rossiyadagi maktablar orasida 2-o’rinda turadi. Bu bizning bolalarimiz bilimga chanqoqligi, intiluvchanligi, bundan ham ko’proq bilim olishni istayotganligi va imkoniyatlarini kengaytirishga tirishayotganlarining yaqqol dalilidir. Albatta, maktabimizning bunday muvaffaqiyati – bu «YaKlass» platformasining barcha imkoniyatlaridan faol foydalanadigan, o’quvchilarni bunga qiziqtira olgan ustozlarning salmoqli mehnatlari samarasidir.

Тилни танланг / Выберите язык